Skip to main content

Java-da switch-case statement

switch - case

switch-case statement shartli tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. U bir nechta qiymatlarni tekshiradi va shunga mos keluvchi kod bloklarini bajaradi. Odatda if-else bloklari o'rniga switch-case ishlatilishi bu kodni o'qishga qulay va sodda qiladi.

switch - case statementning umumiy ko'rinishi:

switch (ifoda) {
case qiymat1:
// Kod bloki
break;
case qiymat2:
// Kod bloki
break;
case qiymat3:
// Kod bloki
break;
case qiymat4:
// Kod bloki
break;
default:
// Kod bloki
break;
}
  • ifoda – bu tekshiriladigan qiymat (ixtiyoriy turdagi o'zgaruvchi, odatda int, String, char yoki enum turi bo'lishi mumkin).
  • case – bu ifoda bilan solishtiriladigan qiymat.
  • breakcase ga kirilgandan so'ng, boshqa case larni o'tkazib yuborish uchun ishlatiladi.
  • default – hech bir case qiymati ifoda bilan mos kelmasa bajariladigan kod bloki.
int month = 5;
String monthName;

switch (month) {
case 1:
monthName = "Yanvar";
break;
case 2:
monthName = "Fevral";
break;
case 3:
monthName = "Mart";
break;
case 4:
monthName = "Aprel";
break;
case 5:
monthName = "May";
break;
case 6:
monthName = "Iyun";
break;
case 7:
monthName = "Iyul";
break;
case 8:
monthName = "Avgust";
break;
case 9:
monthName = "Sentyabr";
break;
case 10:
monthName = "Oktyabr";
break;
case 11:
monthName = "Noyabr";
break;
case 12:
monthName = "Dekabr";
break;
default:
monthName = "Noto'g'ri oy!";
break;
}

System.out.println("Oy nomi: " + monthName);
eslab qoling

Har bir case oxirida break qo'shilmasa, keyingi case bloklariga ham kirib ketishi mumkin (bu esa dastur tog'ri ishlamasligiga sabab bo'ladi).